29-iyul kuni Shahrisabz shahridagi oqova suvlarni tozalash inshoati (OSTI) loyihasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu mintaqadagi ekologik va suv infratuzilmasini modernizatsiya qilishda katta qadamdir!

Tantanali ochilish marosimi Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov, "O‘zsuvtaminot" AJ boshqaruvi raisi Ahmad Suvonqulov va MESMER ijrochi direktori Anzor Mirzaliev ishtirokida bo’lib o’tdi.
Ushbu muhim loyiha "Qashqadaryo suv ta’minoti" AJ uchun ALKATAS–MESMER qo‘shma korxonasi tomonidan DBO formatida ("Loyihalash — Qurish — Ekspluatatsiya qilish") EPC-pudratchisi sifatida Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.


Loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari:
✅ Loyiha nomi: Shahrisabz shahrida DBO formatida oqova suvlarni tozalash inshoatini qurish. ✅ Tozalash quvvati (eng yuqori oqim): 39 000 m³ | kuniga oqova suv.
✅ Ekspluatatsiya: operativ boshqaruv bosqichi — kamida 1 yil.
Biz ushbu dolzarb loyihani amalga oshirishda o’z hissamizni qo’shayotganimizdan juda faxrlanamiz va Shahrisabz aholisiga ko’p yillar davomida xizmat qiladigan zamonaviy inshoat barpo etamiz!



