MESMER va Mesal Water Technologies kompaniyalari Germaniyaning Myunxen shahrida bo‘lib o‘tgan IFAT 2026 — suv ta’minoti, oqova suvlarni tozalash, chiqindilarni boshqarish va ekologik texnologiyalar bo‘yicha dunyodagi yetakchi ko‘rgazmada faxr bilan ishtirok etdi.

Kompaniya Bosh direktori Akmaljon Nasretdinov boshchiligida MESMER ko’rgazmada qatnashdi hamda ko‘rgazma davomida bir qator biznes uchrashuvlar, networking tadbirlar va sohaviy muhokamalar tashkil qilindi.

Mazkur ishtirok nafaqat kompaniya, balki butun mintaqa uchun ham muhim voqea bo‘ldi. MESMER IFAT ko‘rgazmasining 60 yildan ortiq tarixida Markaziy Osiyodan ishtirok etgan birinchi kompaniyaga aylandi.

IFAT 2026 ko‘rgazmasida ishtirok etish kompaniyaga uzoq muddatli hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda suv va ekologiya sohasida yangi xalqaro hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyat yaratdi. Ko‘rgazma davomida MESMER vakillari dunyoning yetakchi texnologiya yetkazib beruvchilari, uskunalar ishlab chiqaruvchilari, injiniring kompaniyalari va soha mutaxassislari bilan uchrashib, tajriba almashdi hamda suv va oqova suvlarni tozalash texnologiyalaridagi eng so‘nggi innovatsiyalar va tendensiyalarni muhokama qildi.


Ko‘rgazma MESMER va Mesal Water Technologies kompaniyalariga mintaqadagi suv infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga xizmat qiluvchi ilg‘or texnologiyalar, barqaror yechimlar va innovatsion yondashuvlarni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini ham berdi.


IFAT 2026 yana bir bor professional tajriba almashish, strategik hamkorlik va biznesni rivojlantirish uchun muhim xalqaro platforma ekanligini tasdiqladi. MESMER ko‘rgazma davomida uchrashuvlarda qatnashgan, tajriba almashgan va hamkorlik qilgan barcha hamkorlar, mutaxassislar va hamkasblarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.


Quyida IFAT 2026 ko‘rgazma kunlaridan yorqin lavhalar bilan tanishishingiz mumkin.